
O‘zlikni anglash – milliy qadriyatlarga hurmat bilan boshlanadi!

O’zbekiston tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi jamoasi milliy qadriyatlarni e’zozlab, “Milliy libos – millat ko‘zgusi” chellenjida faol ishtirok etdi.

Har bir milliy libos – bu tarix, an’ana va madaniyatning mujassami. Libosimiz nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy o‘zlik va qadriyatlarimizni namoyon etuvchi ramzdir. Shu bois bo‘lim xodimlari milliy libosda aholiga xizmat ko‘rsatib, xalqimizning boy merosini targ‘ib qilishga o‘z hissasini qo‘shishdi.

Sanepidqo’mita O’zbekiston tuman bo’limi Axborot xizmati.
