Murojaat qilish – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muhim siyosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Murojaatlar orqali xalqimizning shart-sharoitlari, turmush sharoiti, kayfiyati xamda olib borilayotgan islohotlarga munosabatini bilish mumkin.
Bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga oid qo‘yilgan vazifaning amalda ta’minlanayotgani natijasidir.
O‘zbekiston tuman SEO va JS bo‘limida 2026 yil 1-chorak davomida jami 5 ta murojaat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ushbu murojaatlarni atroflicha o‘rganib, o‘rganish natijalari xaqida murojaatchilarga yozma ravishda javob xatlari berib, barcha murojaatlar o‘z vaqtida ijrosi ta’minlanib kelmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston tuman SEO va JS bo‘limiga yuqori tashkilotlar va maxalliy tashkilotlardan 2026 yil 1-chorak davomida 50 dan ortiq so‘rov va topshiriqlar kelib tushgan bo‘lib, ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanib kelmoqda. Shuningdek, chorak davomida 20 dan ortiq yangidan tashkil etilayotgan va tashkilot quvvatini oshirish borasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari murojaatlari 3 kun ichida o‘rganilib tegishli sanitariya xulosalari berildi
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bolimi etakchi mutaxassisi S.Xojayev
