O`zbekiston tuman SEO va JS bo’limida "Korrupsiya – taraqqiyotga qarshi jinoyat" mavzusida yigilish bolib otdi. Yigilishni Sh.Fozilov kirish sozi bilan ochdi va olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchiligi, davlat xizmatchilari va xodimlarning korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha majburiyatlari, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaga oid har qanday holat haqida belgilangan tartibda xabar berish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, nazorat ostidagi dargoxlarda xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda qonun doirasida yondashib ishlashi, korruptsion xolatlarga umuman aralashmaslik, bo’limdagi faoliyat ko’rsatayotgan laboratoriyalar xodimlari ham qonun doirasida xizmat vazifalarini bajarib, korruptsion xolatlarga yo’l qo’ymasligi to’g’risida ogoxlantirildi. Bunday xolatlar aniqlanganda jazo muqarrarligini tushuntirdi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo’yicha mas’ul xodim S.Xo‘jaev so‘z olib viloyat SEO va JSB Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo’yicha mas’ul xodimi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni aytib o‘tdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo’yicha mas’ul S.Xo`jayev
