Dushanba - Shanba 08:00 - 15:00 +998 73 539 13 01uzbekistonsestum@umail.uz

Odamlar orasida qutirish kasalligini oldini olish uchun asosiy tavsiyalar

Quturish – (gidrofobiya-suvdan qo‘rqish) issiqqonli xayvonlarda uchraydigan, viruslar qo‘zg‘atadigan, kasallangan xayvonning so‘lagi bilan muloqot natijasida (tishlashi, tirnashi, so‘laklanishi va boshqa muloqotlar) yuqadigan o’ta xavfli yuqumli kasallikdir. Bu kasallikda markaziy nerv sistemasi og’ir shikastlanadi, oxiri esa o‘lim bilan yakun topadi.

So’ngi yillarda axoli orasida jumladan tumanimizda ham turli xil xayvonlardan jaroxatlanishlar soni ortib bormoqda. Jarohatlanishlar egasi ma’lum uy xayvonlaridan (it, mushuk) va xatto egasi noma’lum daydi xayvonlardan xam sodir bo’lmoqda. Bunday xolatlar esa odamlar orasida qutirish kasalligi xavfini oshiradi. Shu sababli qutirish kasalligini oldini olishda quydagilarga rioya qilinishi zarurdir.

  1. Uy xayvonlarni, ayniqsa itlarni bog‘langan xolda saqlash, ularni qarovsiz qoldirmaslik.
  2. Begona it va mushuklar bilan muloqot qilmaslik.
  3. Itlarni veterinariya xodimlari tomonidan qutirishga qarshi xar yili bir marta emlatish.
  4. Itlarni qarovsiz xolda xaydab yurmaslik.
  5. Kasallik xayvonlarni tishlashi, tirnashi va so‘lagi tegishi natijasida yuqishini unutmaslik.
  6. Xayvonlarni saqlash va boqish qoidalarga amal qilish.
  7. Agar xayvon tishlasa, tirnasa va so‘lagi tegsa jaroxatni katta-kichikligidan qat’iy nazar zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlikni unutmaslik kerak (shifokor tavsiyasiga ko’ra antrabik vaksinalarni o’z vaqtida olish).

O’zbekiston tumani SEO va JSB vrach epidemiologi  J.Azimov

Related Posts