Dushanba - Shanba 08:00 - 15:00 +998 73 539 13 01uzbekistonsestum@umail.uz

BOYITILGAN UNNING FOYDALI XUSUSIYATLARI

Xalqimizda un mahsulotlari eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulot hisoblanadi. Afsuski unga ishlov berish chog‘ida tarkibidagi ozuqaviy moddalarnig aksariyat qismi yo‘qolib ketadi. Shuning uchun barcha kerakli moddalarni yana unga qaytarish lozim. Shu o‘rinda qanday qilib degan o‘rinli savol yuzaga keladi.

Bunga faqat unni boyitish bilan erishish mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tegirmonlarda un ishlab chiqarilayotganda un vitaminlar, foliy kislotasi va temir moddasi bilan to‘yintiriladi. Bu moddalarga ishlov berish jarayonida qiymatini yo‘qotmasligi uchun yakuniy bosqichda qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Natijada bir siqim unda ham barcha ozuqaviy moddalar mavjudligiga erishiladi.

Boyitilgan undan pishirilgan taom, non va boshqa mahsulotlar o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi, ta’mida ham o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Non yopish jarayonida boyitilgan un 95 foizgacha o‘zining ozuqaviy moddalarini saqlab qoladi.

  Bug‘doy unini boyitish uchun xalqaro standart talablari bilan uyg‘unlashtirilgan, amalda qo‘llanilayotgan vitamin mineral aralashma (VMA) asosidagi (vitamin va minerallar) va JSST, Qozog‘iston Respublikasi Ovqatlanish akademiyasi mutaxassislari, Sog‘liqni saqlash vazirligi,  xalqaro hamda  hududiy ekspertlar tavsiyalarini  inobatga olgan holda, oliy navli bug‘doy unini boytish uchun tegishli me’yorlarni qo‘llash taklifi qabul qilindi.

Ma’lumki mikronutriyentlar inson organizmiga kam miqdorda (odatda kuniga 100 mg dan kam) zarur bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Mikronutriyentlar tarkibiga inson tanasi o‘z-o‘zidan hosil qila olmaydigan mikrominerallar va vitaminlar kiradi. Ular metabolizm, inson miyasi va asab tizimining ishlashi, qon ivishining oldini olish va immun tizimining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bir so‘z bilan aytganda, inson tanasida biron-bir jarayon mikroelementlar ishtirokisiz o‘tmaydi.

Aholi iste’moli ratsioniga mikroelementlarning muntazam ravishda qo‘shilishi salomatlikni saqlash va mustahkamlashning juda samarali usuli hisoblanadi.

O`zbekiston tuman SEO va JS bolimi boshligi A.Sulaymonov

Related Posts