QIZAMIQ (lot. Morbili) — o‘tkir infektsion virusli infektsiya bo‘lib, o‘ta yuqumli hisoblanadi. Kasallik belgilari yuqori isitma, xarakterli toshma, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, organizmning jiddiy intoksikatsiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Qizamiq bilan har qanday bola, hatto kattalar ham xastalanishi mumkin. Bunda kasallik og‘ir kechishi, asoratlar chaqirishi va ba’zan o‘limga olib kelishi ehtimoli mavjud.
Ushbu kasallik har yili butun dunyo bo‘ylab 150 ming kishi, asosan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning umriga zomin bo‘ladi. Shu bois, har bir kishi, ayniqsa, yosh bolalarning ota-onasi qizamiq qanday kasallik ekanligini yaxshi bilishlari kerak.
KASSALIKNING YUQISHI infektsiya manbai bemor kishi sanaladi. Virus havo-tomchi yo‘l bilan ya’ni bemor aksirganda, yo‘talganda, gapirganda havoga ajralgan viruslar sog‘lom insonning yuqori nafas yo‘llari burun, og‘iz , va ko‘z sklerasi orqali kirib o‘tadi va juda yuqumli hisoblanadi.
Kasallikning yashirin davri 6-18 kun.
Belgilari:
– bolaning darmoni qurib, injiq boʻlib qoladi;
– ishtahasi yoʻqolib, tez-tez ichi ketadi.
– katta yoshli bolalarda bosh ogʻrigʻi, qusish, burun qonashi, qorin ogʻrigʻi kuzatiladi.
– toshma toshish davrida bemor qayta isitmalamaydi, tomogʻi qizaradi. 4-6 kunga kelib oʻziga xos qizil, yirik dogʻ toshmalar toshib bir necha soatda butun yuzga yoyiladi.
Belgilari deyarli sezilmaydigan mazkur kasallik oʻtkir boshlanib, tana harorati koʻtariladi, quruq yoʻtal tutib, koʻz qizarib yoshlanadi, yorugʻlikka qaray olmaydi.
Yuqoridagi holatlar kuzatilgach, lunj shilliq pardasi atrofida mayda qizil-oq dogʻlar paydo boʻladi. Shundan 2-3 kun oʻtgach, badanga toshma toshadi. Demak, kasallikni vaqtliroq payqash mumkin.
Qizamiq 2 yoshgacha boʻlgan, shuningdek, yosh, nimjon bolalar uchun ayniqsa, xavfli. Shu sababdan, ularni qizamiqdan juda ehtiyot qilishimiz kerak.
Oʻn ikki oylikdan boshlab qizamiq, qizilchaga qarshi emlash muhim ahamiyatga ega.
Mavsumiy kasallik boʻlib, asosan qish va bahor oylarida uchraydi.
Bemor tuzalgach, bir umrga organizmida kasallikka qarshi immunitet qoladi.
Kasallikning oldini olishda eng yaxshi vosita — profilaktik emlash hisoblanadi.
Kasallikka yuzaki qarab, davo choralari koʻrilmasa, Zotiljam (oʻpka yalligʻlanishi), tomoqning shishi, oʻrta quloqning yalligʻlanishi (otit), ichak kasalliklari kabi asoratlar qoladi.
O‘zbekiston tumani SEO va JSB epidemiologi: D.Yuldashev
