Dushanba - Shanba 08:00 - 15:00 +998 73 539 13 01uzbekistonsestum@umail.uz

Turli xil xayvonlardan jaroxatlanishlarni oldini olaylik

So’ngi yillarda axoli orasida turli xil xayvonlardan jaroxatlanishlar soni ortib bormoqda. Jarohatlanishlar egasi ma’lum uy xayvonlaridan (it, mushuk) va xatto egasi nomalum daydi xayvonlardan xam sodir bo’lmoqda. Bunday xolatlar esa odamlar orasida qutirish kasalligi xavfini oshiradi. Bunday xolatlarni oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.07.2011 yildagi 202-son qarori ishlab chiqilgan

Bu qarorda it va mushuklarni saqlashga va ularning egalarini xam xuquq va majburiyatlari belgilab qo’yilgan. Jumladan

Itlar va mushuklar egalarining huquq va majburiyatlar:

  1. Itning egasi oʻz itini jetovga bogʻlangan holda va tumshuqbogʻda cheklangan vaqt mobaynida yolgʻiz qoldirish huquqiga ega:

Itlarning egalari quyidagilarga majbur:

  1. atrofdagi odamlar va hayvonlarning xavfsizligini taʼminlaydigan zarur choralarni koʻrish;
  2. itlarning qoʻshnilar tinchligini buzib tinimsiz vovillashiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
  3. itlar va mushuklarning umumfoydalanishdagi joylarni (kirish joylarini, zinapoya maydonchalarini, liftlarni, bolalar maydonchalarini, yoʻlkalarni, yoʻlaklarni, koʻkalamzorlashtirilgan va obodonlashtirilgan hududlarni va hokazolarni) iflos qilishiga yoʻl qoʻymaslik;
  4. umumfoydalanishdagi joylarda itlar va mushuklar qoldirgan ekskrementlarni olib tashlash;
  5. itlar va mushuklar qoldiradigan ekskrementlarni darhol yigʻishtirib olish uchun oʻzi bilan anjom olib yurish
  6. itlarni sotib olishda va boshqa joyga koʻchganda ularni tegishli veterinariya boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazish va har yili qayta roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek zarur maʼlumotlarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga maʼlum qilish
  7. itlarni roʻyxatga olish guvohnomasini taqdim etish hamda itlarni tekshirish va kasallikning oldini oluvchi emlash uchun veterinariya boʻlimiga olib kelish
  8. tegishli hududga kirishda it borligi toʻgʻrisida ogohlantiradigan taxtacha oʻrnatish
  9. it yoki mushuk odamlarni yoki hayvonlarni tishlagan taqdirda uni darhol tekshirish va 10 kun muddat ajratib qoʻyish uchun veterinariya boʻlimiga olib kelish hamda birinchi va takroriy veterinariya koʻrigi haqidagi maʼlumotnomani veterinariya boʻlimidan olish va uni tishlashdan jabrlangan shaxsga darhol topshirish
  10. hayvonlar quturish kasalligiga chalinganligi haqidagi har bir shubhalanishda darhol veterinariya boʻlimini xabardor qilish va ularni ajratib qoʻyish uchun zarur choralar koʻrish
  11. kasal itlar va mushuklarni hayvonlar ajratib qoʻyiladigan maxsus xizmatlarga topshirish
  12. itlar oʻlgan taqdirda veterinariya boʻlimiga, yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga xabar berish hamda oʻlgan itning jasadini tashlab yubormaslik, uni itni roʻyxatga olish guvohnomasini ilova qilgan holda tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimiga topshirish

      Yuqoridagi qoidalarga rioya etilishini ichki ishlar organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladilar.

            Ushbu Qoidalar buzilgan taqdirda belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.

    Qoidalar buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.

   Ushbu Qoidalarning buzilganligi uchun itlar va mushuklarning egalari ham belgilangan tartibda javob beradilar.

O’zbekiston tumani SEO va JSB vrach epidemiologi   J.Azimov

Related Posts