Quturish – (gidrofobiya-suvdan qo‘rqish) issiqqonli xayvonlarda uchraydigan, viruslar qo‘zg‘atadigan, kasallangan xayvonning so‘lagi bilan muloqot natijasida (tishlashi, tirnashi, so‘laklanishi va boshqa muloqotlar) yuqadigan kasallikdir. Bu kasallikda markaziy nerv sistemasi shikastlanib, natijada o‘lim bilan yakun topadi.

Qutirish insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng qadimiy yuqumli kasalliklardan biri xisoblanadi.
Dunyoning boshqa davlatlari qatori respublikamizda xam qutirish kasalligiga qarshi maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi tashkil etilgan. U xayvonlardan yuqadigan yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinasiya qilishdir. Issiq qonli xayvonlarning barchasi quturish kasalligi bilan kasallanadi. Qutirishning tabiy o‘choqlari Yer kurrasining Antarktidadan tashqari barcha xududlarida, turli xil xayvonlar tomonidan saqlanadi.
Quturish virusi kasallikning yashirin davri (ya’ni kasallik belgilari yuzaga chiqishining) oxirgi 10 kunida, qutirishga chalingan xayvonlarning so‘lagi bilan ajraladi xamda tishlash, so‘laklanish natijasida sog‘lom odamga va xayvonlarga jaroxatlangan teri va shilliq qavatlar orqali yuqadi.Quturish kasalligining manbai xozirgi kunda 90 %dan ortig‘i itlar xisoblanadi.
Odamlar o‘rtasida kasallikka beriluvchanlik yuqori. Kasallikning asosiy salmog‘i 14 – 29 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Kasallanish ko‘p xollarda kuz va qish mavsumlariga to‘g‘ri keladi. Sababi yovvoyi va bazi uy xayvonlari uchun bu mavsumda ozuqa kamayadi va ular ozuqa izlab axoli turar joylarigacha kelishadi.
Odamlarda qayd etiladigan qutirish kasalligining yashirin davri 7 kundan xatto 1 yilgacha davom etishi mumkin. Bu davrning qisqa yoki uzoq davom etishi organizmning qarshiligiga, tishlagan, quturgan xayvonning turiga, jaroxatning qaerda joylashganligiga, katta-kichikligiga, chuqur yoki yuzakiligiga bog‘liq bo‘ladi. Jaroxat bosh va yuz soxalarida bo‘lsa yashirin davr qisqaradi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan xolda Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro epizootik byurosi tomonidan xar yili 28 sentyabr – Butun Jahon quturishga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.
Quturish kasalligini oldini olish uchun:
- Uy xayvonlarni, ayniqsa itlarni bog‘langan xolda saqlash, ularni qarovsiz qoldirmaslik.
- Begona it va mushuklar bilan muloqot qilmaslik.
- Itlarni veterinariya xodimlari tomonidan qutirishga qarshi xar yili bir marta emlatish.
- Itlarni qarovsiz xolda xaydab yurmaslik.
- Kasallik xayvonlarni tishlashi, tirnashi va so‘lagi tegishi natijasida yuqishini unutmaslik.
- Xayvonlarni saqlash va boqish qoidalarga amal qilish.
- Agar xayvon tishlasa, tirnasa va so‘lagi tegsa jaroxatni katta-kichikligidan qat’iy nazar zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlikni unutmaslik kerak.
Xaqiqatdan xam qutirish kasalligining davosi yo‘q. Shu bois kasallikni oldini olishni va undan saqlanishni, ya’ni o‘zimiz va boshqalarni xayvonlar tishlashiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishimiz zarur.
O‘zbekiston tuman SEO va JSB vrach epidemiologi: J.Azimov
