Dushanba - Shanba 08:00 - 15:00 +998 73 539 13 01uzbekistonsestum@umail.uz

MENINGIT –Xavfli kasallik

Meningit – o’ta yuqumli kasallik bo’lib, bosh va orqa miyaning yallig’lanishi bilan kechadi. Bunda miyaning shishishi, bosh chanog’i ichida bosim ko’tarilishiga olib keladi. Xastalik orqa miyani suyuqligini zararlaydi. Аksariyat hollarda bu kasallikka virus, ba’zida bakteriya yoki zamburug’lar sababchi bo’ladi. Kasallik juda tez avj oladi va ba’zan malakali yordam ko’rsatilmasa harorat ko’tarilib, bemorning o’limi bilan tugaydi. Meningit o’z vaqtida davolansa bemor butunlay sog’ayib ketadi.

Meningit mavsumiy xastalik bo’lib, uning uchun eng xarakterli bo’lgan davr noyabrdan aprelgacha (kuz va qish) deb belgilangan. Meningit qo’zg’atuvchisi boshqa infektsiyalar kabi odamlar zich yashaydigan joylarda oson tarqaladi. Bu havo haroratining o’zgarishi tufayli kishilarning kam  shamollatiladigan  xonalarda yig’ilishi, ovqatlanishdagi cheklashlar va vitamin yetishmasligi tufayli yuz beradi.

Organizmning xususiyatlari va ijtimoiy sabablarga ko’ra, xavf guruhiga 5 yoshgacha bo’lgan bolalar va 25-30 yosh oralig’idagi erkaklar kiradi. Immunitet tanqisligi bor kishilar ham unga tez chalinishi mumkin. Katta yoshdagilarda meningit kam uchraydi va biroz yengil kechadi.

Kasallikning yuqish yo’llari:

Havo-tomchi- kasalllik qo’zg’atuvchisini  yo’talish paytida va aksa urganda shilliq va so’lak orqali havoga tarqatish;

Maishiy aloqalar: bemor yoki kasallik tashuvchisi bilan to’g’ridan to’g’ri aloqa qilish, bitta maishiy vositalardan foydalanish (idishlar, sochiq, tish cho’tkasi);

Gigiena qoidalariga amal qilinmaganda fekal-oral yo’l orqali– oziq-ovqatni yuvilmagan qo’llari bilan qabul qilish, ishlov berilmagan, yuvilmagan sabzavot, meva, ko’katlar va hokazo oziq-ovqatlarni iste’mol qilish;

Gematogen- meningit qo’zg’atuvchilarini (odatda bakterial, virusli, protozoal va boshqa shakllari ham uchraydi) qon orqali yuqishi, bemor organizmidagi infektsiyaning mavjud o’choqlardan qon orqali miya qobig’iga tarqalishi;

Meningit rivojlanishiga turtki bo’ladigan infektsiyalarning eng keng tarqalgan yuqish yo’li – havo-tomchi yo’li. Ya’ni, kasallik yuqishi uchun bemorning siz tomonga qarab aksirishining o’zi yetarli bo’ladi.

Meningitning alomatlari qanday?

Meningitda ko’pincha birdan harorat ko’tariladi (40°S gacha). Bemor sovqotishdan shikoyat qiladi. Bundan tashqari, bosh chidab bo’lmas darajada og’riydi. Bu og’riq ba’zan bo’yinga ham tarqaladi. Shundan bemor boshini orqaga qiyshaytirib oladi, ensa mushaklari qattiqlashadi. Bemor boshini orqaga qayirib yotib qoladi. Tizzani bukish qiyinlashadi.

Meningit yuqmasligi uchun nima qilish kerak?

Meningitning oldini olish uchun avvalo odamlar bu infektsiya keng tarqalgan mamlakatlarga safarga borishdan ehtiyot bo’lishlari kerak.

Oldini olish uchun quloq, tomoq va burun boʻshligʻining yalligʻlanish va yiringli kasalliklarini oʻz vaqtida davolash lozim.Аlbatta har bir yoshga xos va kasalliklarga qarshi davlatimiz tomonidan o’tkazilayotgan profilaktik emlashlarni o’z vaqtida kechiktirmasdan olinishiga alohida e’tibor berilishi lozim.Kasallik belgilari paydo bo’lganda vaqtni kechiktirmasdan bemorni shifoxonaga olib borish kerak. Bemorni statsionarga yotqizishga qarshilik qilmaslik kerak. Chunki kasallik faqat malakali tibbiy yordam ko’rsatilganda to’liq davolanishi mumkin.

Sanepidqo’mita O’zbekiston tuman bo’limi epidemiologi: J.Аzimov

Related Posts