
Farg’ona viloyati Hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2025-yil 27-yanvar kunidagi “Farg’ona viloyatining shahar, tumanlarida karantin va o’ta xavfli yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishi xavfini oldini olish mavzusida maxsus-taktik o’quv mashqlarni o’tkazish to’g’risida”gi 2-sonli buyrug’i ijrosini taminlash maqsadida, 2025-yil 24-aprel kuni O’zbekiston tumanida “Aholi o’rtasida o’lat kasalligi tarqalishida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali amaliy seminar va maxsus-taktik o‘quv mashqi o’tkazildi.
O‘quv mashqi nazariy va amaliy qismlarda tashkil etildi va bajarildi.

O‘quv mashqining nazariy qismi O‘zbekiston tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika anjumanlar zalida o’tkazilib, o‘quv mashqini tuman Tibbiyot birlashmasi Davolash ishlari bo’yicha o’rinbosari I.Mahkamov kirish so’zi bilan ochib, O‘lat kasalligining kirib kelishi, shifoxonaning kundalik faoliyatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlanganda bartaraf etish bo‘yicha harakatlari, o‘lat kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi, klinikasi, davolash va profilaktikasi, o‘lat kasalligi bo’yicha barcha tibbiy yordam xizmati xodimlarining xushyorligini oshirishga qaratilgan ma’ruzalar o‘tkazish uchun SSV Respublika o‘lat profilaktika markazi Farg’ona filiali direktori S.Jumanov, viloyat FVB RKTBMTE bo‘limi boshlig’i mayor E.Shodmonov, Sanepidqo‘mita Farg’ona viloyat boshqarmasi bo‘lim mudiri A.Razoq Ergashali, O‘zbekiston tuman Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘lim mudiri SH.Mirzaakbarova hamda Sanepidqo‘mita O’zbekiston tuman bo’limi vrach epidemiologi M.Roziqovlarga so’z berilib, ular tomonidan o‘quv seminari ishtirokchilariga kasallik bo‘yicha ma’lumotlar yetkazilib, kuzatuvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.


O‘quv mashqining amaliy bosqichida quyidagi tadbirlar olib borildi:
1-o‘quv nuqtasida – O‘zbekiston tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi Bolalar bo‘limi hudududida maxsus-taktik o’quv mashqiga jalb etilgan shaxsiy tarkib va texnikalar saf ko’rigi.




2-o‘quv nuqtasida – O‘zbekiston tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga o‘lat kasalligiga gumon qilinib murojaat qilgan fuqaroga tashxis qo’yish, bemor qabul qilingan davolash profolaktika muassasasida epidemiologik va epizootologik surushtiruv ishlarini o‘tkazish, kasallik manbai va yuqish yuqish omillarini aniqlash, poliklinikada yakunlovchi dezinfeksiya tadbirlari o’tkazildi.




3-o‘quv nuqtasida – O‘zbekiston tumani Tibbiyot birlashmasi Yuqumli kasalliklar bo‘limida belgilangan talablar asosida epidemiyaga qarshi tadbirlar tashkil etilib, shifoxonada gospital, izolyator va observator tayyor xolga keltirilib, o‘lat kasalligiga gumon qilingan bemorga tashxis qo‘yish, alohidalash, davolash va avtotransportlarni zararsizlantirish tadbirlari olib borildi.




4 – o‘quv nuqtasida – o‘lat kasalligi aniqlangan xonadonda (o’choqda) zarur epidemiyaga qarshi qarshi sanitariya – vetrinariya tadbirlari tashkil etilib, aholi xonadonlarida uyma-uy yurib fuqarolarga kasallik bo‘yicha tushuntirish ishlari o’tkazildi hamda aholini ogohlikka chorlovchi eslatma varaqalari tarqatildi.




O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqiga jami bo’lib 233 nafar xodimlar va 18 ta texnikalar jalb etildi.
Ko‘rgazmali maxsus-taktik o’quv mashqi oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishildi, barcha rejalashtirilgan tadbirlar bajarildi. O’rganuvchilar o’zlarining amaliy va nazariy malakalarini oshirdilar.
Sanepidqo‘mita O‘zbekiston tuman bo‘limi Axborot xizmati.
