Dushanba - Shanba 08:00 - 15:00 +998 73 539 13 01uzbekistonsestum@umail.uz

25-aprel Butun Jahon Bezgakka qarshi kurashish kuni.

Bezgak kasalligi haqida bilasizmi? Bezgak (ital. malaria, malaaria – badboʻy havo) – bezgak plazmodiylari qoʻzgʻatadigan invazion kasallik, isitma tutishi, qonda jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechadi. Bezgakning plazmodiysi toʻrt xil, shunga koʻra bezgakning uch kunlik, toʻrt kunlik, tropik va Afrika xillari bor. Bezgak plazmodiysi Bezgak chivini va odam organizmida koʻpayib rivojlanadi. Kasallik manbai bemor va Bezgak chivini (asosan urgʻochisi) hisoblanadi. Bezgak plazmodiysi Bezgak bilan ogʻrigan bemor organizmida jinssiz (shizogoniya), kasallikni tashib yuruvchi – anofeles chivini tanasida esa jinsiy yoʻl bilan rivojlanadi.

Kasallik sogʻlom odamga chivin chaqqanda, odam organizmiga uning soʻlagi orqali qoʻzgʻatuvchilar tushganda yuqadi. Qon oqimi bilan ular jigarga tushadi, bu yerda rivojlanishning birinchi (toʻqima) sikli roʻy beradi, soʻngra yana qonga tushadi va eritrotsitlar ichiga kirib oladi, bu yerda ikkinchi (eritrotsitar) rivojlanish sikli oʻtib, eritrotsitlarning parchalanishi va qonga koʻp miqdorda qoʻzgʻatuvchilar chiqishi bilan tugallanadi, bu odamni isitma tutishi bilan oʻtadi.

Bezgak oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib,  Anofeles  (bezgak chivinlari)  chivini  orqali yuqishi, qaltirash, tana harorati koʻtarilishi,  taloq  va  jigar  kattalashishi hamda kamqonlik bilan xarakterlanadi. Bezgak ilmiy tilda malaria deb ataladi va bu malariae soʻzidan olingan boʻlib, mal – badboʻy, ariae – hid yoki havo degan maʼnoni anglatadi. Uni juda kichik parazit-plazmodiylar qoʻzgʻatadi. Ularni faqat mikroskop ostida koʻrish mumkin.

Virus inson qonida yashab, koʻpayadi va qizil qon tanachalarida joylashib, ularni parchalaydi hamda qon ishlab chiqarish, asab, yurak qon-tomir va organizmning boshqa tizimlarini ishdan chiqaradi. Baʼzan kasallik shunchalik ogʻir kechadiki, agar davolash oʻz vaqtida boshlanmasa, bemor bir necha kundan soʻng asosan tropik bezgakda vafot etadi. Harorat koʻtarilganda yoki bezgakning boshqa belgilari namoyon boʻlganda, albatta tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Toʻgʻri tashxis qoʻyishda qon tahlili shart. Agar siz oxirgi 3 yil davomida Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari hamda Tojikiston va respublikamizning janubiy viloyatlariga chiqqan boʻlsangiz, u yerda bezgak bilan zararlanish xavfi yuqoriligini hisobga olgan holda, har qanday darmonsizlik kuzatilsa, albatta barmoqdan qon topshirishingiz lozim.

Qoʻzgʻatuvchi odam organizmida 10—14 kungacha (baʼzan, bir yilgacha va bundan koʻproq) boʻlib, kasallik belgilarini qoʻzgʻatmasligi mumkin (inkubatsion yoki yashirin davr). Kasallik toʻsatdan boshlanadi: bemorni isitma tutib, junjiydi, qaltiraydi (u baʼzan shu qadar qattiq qaltiraydi-ki, hatto ustiga issiq koʻrpa yopilganda ham sovuqqotadi), keyin qaltirash bosilib, harorat koʻtariladi (41 – 41,5°), bemor boʻriqib, qizaradi.Isitma bir necha soat tutadi. Soʻngra harorati tez pasayib, baʼzan bir maromga tushadi, shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga oʻzini sogʻlom his qiladi. Keyin yana isitma tutadi, uch kunlik Bezgakda – ikki kunda bir marta, toʻrt kunlik Bezgakda – har uch kunda bir marta, tropic Bezgakda – koʻpincha kun sayin isitma tutib turadi. Isitma tutayotgan bemorning qoni tekshirilganda, Bezgak plazmodiylarini topish mumkin. Bezgak tutavergach, plazmodiylar qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni parchalashi sababli bemor kam qon boʻlib qoladi, talogʻi va jigari kattalashadi, oq qon tanachalari (leykotsitlar) ancha kamayadi.

Bezgak davolanmay qolib, kasallik uzoq davom etganda tinkani quritib, mehnat qobiliyatini susaytiradi, bolalar oʻsish va rivojlanishdan orqada qoladi. Bemor oʻz vaqtida davolanmasa yoki chala davolansa, Bezgakka boshqa kasalliklar qoʻshiladi. Bezgakning ogʻir shakli bilan ogʻriganlarda, shuningdek bolalarda koma holati, baʼzan oʻlim yuz berishi mumkin. Bemor barvaqt toʻgʻri davolanganda sogʻligʻiga putur yetmaydi, undan atrofdagi kishilarga Bezgak chivinlari orqali kasallik yuqish ehtimoli yoʻqoladi.Isitmaning xurujiga, taloqning kattalashganiga, chap biqin sohasida ogʻriq turishi va badan zaʼfaron tus olishiga qarab, bemorda Bezgak bor deb taxmin qilish mumkin. Ammo Bezgakni aniq bilish uchun bemordan qon olib, mikroskopda tekshirish shart.

Bemorni vrach davolaydi. Unga tinch sharoit va yaxshi parvarish zarur. Kasallikning oldini olishda asosiy eʼtibor bemorlarni erta aniqlash va davolashga qaratilgan boʻlishi kerak. B. chivini koʻp uchraydigan joylarda himoya kiyim-boshi va chivinni keltirmaydigan dori vositalaridan foydalanish lozim. Insoniyat uzoq vaqt davomida bezgak bilan kurashib keladi. Bezgakning oldini olishning eng yaxshi usuli bu uyimiz va atrofimizni toza saqlashdir.

Bezgakning oldini olish uchun bir necha oddiy qadamlar mavjud:

To’xtab turgan suv yo’q: Tik turgan suv chivinlar o’sishi uchun mos uydir. Sovutgichlarda, kichik chuqurlarda, shinalarda va hokazolarda suv to’planishiga yo’l qo’ymang.

Yog’dan foydalaning: Yog ‘, kerosin yog’i yoki o’simlik moyi suv yuzasiga qo’llanilishi mumkin. Bu chivin lichinkalarining bo’g’ilib qolishiga olib keladi.

To’g’ri kiyim kiying: Ayniqsa kechqurun yoki tashqariga chiqayotganda to’g’ri kiyim kiying. Kiyimlar oyoq-qo’llarini yopishi kerak va ochiq rangdagi paxta kiyimlariga afzallik beriladi.

Chivinlarga qarshi kremlardan foydalaning: Bular bog’da o’tirganingizda yoki tashqarida o’ynaganingizda sizni xavfsiz saqlashi mumkin.

Chivinli to‘rlardan foydalaning: Bu chivinlarni yo’q qilishning eng oddiy va samarali usuli. U tanaga hech qanday zararli kimyoviy moddalar ta’sir qilmaydi va tanaga hech qanday zarar yetkazmaydi.

Eshik va derazalarda chivinli to‘rlardan foydalaning: Eshiklar va derazalardagi chivinli to’rlar uyga toza havo kirishiga imkon beradi va chivinlar uyingizga kirmasligini ta’minlaydi.

Bezgakga qarshi vaktsina oling: Bezgakga moyil bo’lgan hududlarga borishdan oldin antimalarial profilaktika oling.

Oldini olish davolashdan ko’ra yaxshiroqdir, shuning uchun atrofingizni va uyingizni toza saqlashga harakat qiling va bezgakning yuqori isitma, titroq, ko’ngil aynishi va zaiflik belgilarini sezsangiz, darhol shifokor bilan maslahatlashing.

Sanepidqo’mita O’zbekiston tuman bo’limi Entamolog vrachi: F.Umurzoqova.

Related Posts