💸Korrupsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yohud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Chunki poraxo‘rlik – hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli jinoiy hodisalardan biridir.
Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi.
🔰Albatta, Senepidqoʻmita O’zbekiston tuman bo’limi tomonidan ham soxaga oid korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida quyidagi ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda:
⏩Bo’lim tomondan davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilishni ta`minlash maqsadida vakant lavozimlarni o’z vaqtida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Argos tizimi)ga taqdim etib borilishi yo’lga qo’yilgan.
⏩ “Korrupsiyaga yo’l yo’q” va “Biz korruptsiyaga qarshimiz” kabi mavzularda plakatlar va bannerlar, eslatma varaqalari tayyorlanib, tarig’ibot tashviqot ishlari, seminarlar olib boriladi.
⏩Bo’lim mas’ul xodimlariga ish zaruriyati yuzasidan xizmat safarlariga yuborilganda korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik bo’lim rahbariyati tomonidan muntazam ravishda tushuntirib kelinmoqda.
⏩Bo’limning rasmiy veb sayti, telegram messenjeri va ishonch telefoni faoliyatlari yo’lga qo’yilib umumiy masalalar bilan bir qatorda korrupsiya faktlariga oid xabarlarni ham qabul qilish ishlari yo’lga qo’yilgan.
⏩Boʻlimga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urugʻchilik va boshqa suiste’molchiliklarning oldini olish yuzasidan har bir xodim tomonidan deklaratsiyalar to’ldirib borilishi yo’lga qo’yilgan.
💵❌Umuman olganda korrupsiya shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas balki ma’naviy buzilish holati xamdir. Mazkur illatga qarshi kurashda davlat organlari jamoat tashkilotlari va fuqarolarning birgalikdagi sayi-harakatlari bilangina kutilgan natijaga erishish mumkin.
Sanepidqo’mita O’zbekiston tuman bo’limi Axborot xizmati.

