Dushanba - Shanba 08:00 - 15:00 +998 73 539 13 01uzbekistonsestum@umail.uz

GRIPP VА YUQORI NАFАS YO’LLАRINING O’TKIR RESPIRАTOR KАSАLLIKLАRI PROFILАKTIKАSI.

-Giripp o’zi nima?

Gripp o’tkir yukumli virusli kasallik bo’lib, yuqori nafas yo’llarining zararlanishi bilan kechadi.Gripp kasalligiga mavsumiylik xos bo’lib, asosan kuz-qish-bahor oylariga to’g’ri keladi. Ushbu mavsumlarda kasallikning ortishiga havo haroratining pasayishi, yuqori nafas yo’llarining yallig’lanish kasalliklarining ko’pligi, organizmdagi vitaminlar tanqisligi, xonalarda odamlar zich yashashi sabab bo’ladi.

-Gripp virusi insonga qanday yuqadi?

Gripp viruslarini asosiy yuqish manbai gripp bilan kasallangan bemor odam bo’lib, u kasallikning 2-3 kunlarida atrofdagilar uchun juda xafli bo’ladi. Kasallik ko’pincha havo-tomchi yo’li bilan yuqadi. Bemor aksa urganda, yo’talganda, gaplashganda so’lak tomchilari bilan gripp viruslarini atrof-muxitga tarqatadi. Gripp bilan barcha yoshdagi kishilar kasallanadi, ayniqsa zaif (nimjon) bolalar, keksa yoshdagi kishilar, homiladorlik hamda surunkali xastaliklari bo’lgan shaxslarga tez yuqadi va ularda og’rib o’tib, ko’pgina og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

-Kasallik belgilari qanday?

Kasallik et uvishishi, tana haroratining (39-40 °S gacha) ko’tarilishi, bosh og’rig’i, mushaklardagi og’riqlar bilan boshlanadi. Keyinchalik tanglay murtaklarni qizarishi, bosh aylanishi, ishtahasizlik, burun bitishi, og’riqli yo’tal kuzatiladi. Bu holat 2-7 kungacha davom etib, davo muolajalari hamda yaxshi parvarish qilinsa, bemor o’zini yaxshi his qila boshlaydi.

-Kasallikka to’g’ri davo qilinmasa qanday asoratlarga olib kelishi mumkin?

Xalq orasida “Grippning o’zi emas, balki uning asorati yomon” degan fikr bejiz aytilmagan. Ba’zilar gripp kasalligiga e’tiborsizlik bilan qaraydilar, ya’ni oyoqda yurib o’tkazadilar yoki o’z bilganicha noto’g’ri davo muolajalarini qiladilar. Bunday holatlarda kasallikning asoratlanishi: O’pka to’qimalarni yallig’lanishi (Zotiljam), Miya pardasining yallig’lanishi (Meningit), Miya pardasini va moddasining yallig’lanishi (Meningoensefalit), Quloqning yallig’lanishi (Otit), Burun yondosh bo’shliqlarning yallig’lanishi (Sinusit) kabi og’ir asoratlar kuzatiladi.

-Kasallikni oldini olish uchun nimalar qilish kerak?

Uyushgan jamoalar(maktab, konsert zallari, ish joylari, kinoteatrlar, umumiy transport vositalari)da 4 qavatli dokadan tikilgan niqobda yurish tavsiya qilinadi;

✅Yashash xonalarini vaqti-vaqti bilan shamollatib turish , ko’proq ochiq havoda sayr qilish, mavsumga mos kiyinish lozim;

✅Oilada biror kishida gripp kasalligiga shubha bo’lganda uni ishga, maktabga, maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga, jamoat joylarga yubormaslik. Bemorni atrofdagilardan aloxidalash kerak;

✅Har bir shaxs kun tartibiga rioya qilishi, harakatli mashqlar, tanani quyoshda toblash, suv muolajalari bilan tanani muntazam ravishda chiniqtirib borish kerak;

✅Kasallik alomatlari kuzatilganda, shifokorga erta murojaat kilish hamda uning tavsiyasiga ko’ra, davo muolajalarini olish kerak;

✅Grippga qarshi vaksina bilan emlanish maqsadga muvofiq;

✅Gripp kasalligi bilan kasallangan bemorlarga va sog’lom insonlarga suyuqliklar (malina, smarodina, limon va asal qo’shilgan choy, issiq sut, na’matak damlamasi) ichish , meva va sabzavotlardan vaqtida ko’proq-ko’proq iste’mol qilib turish tavsiya etiladi.

Kundalik turmushda yuqorida aytib o’tilgan tavsiyalarga amal qilinsa, har birimiz gripp kasalligini oldini olishda o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz va o’zimizni hamda atrofdagi hamyurtlarimizni gripp hamda yuqori nafas yo’llarining o’tkir respirator xastaliklaridan asragan bo’lamiz.

Sanepidqo’mita O’zbekiston tuman bo’limiAxborot xizmati.

Related Posts