Havoning yuqori harorati – nafaqat turli kaslliklardan aziyat chekuvchi insonlar, balki sog’lom insonlar uchun ham og’ir sinov. Issiqlik organizmga katta bosim tushiradi. Bunday holatda organizmning himoya tizimlaridan biri bo’lgan ter ajralishi faollashadi. Ammo, bunda ter bilan birga organizmdan muhim mikroelementlar, foydali moddalar ham chiqib ketadi. Ko’p ter ajralishi oqibatida qon quyuqlashadi, bu esa yurak-qon tomir kasalliklarining bosh ko’tarishiga olib keladi. Havo juda issiq bo’lgani tufayli organizmdagi surunkali kasalliklar , yurak qon-tomir, bronxologik, endokrin kasalliklari kuchayib ketadi. Bu gipertoniklar uchun ham, gipotoniklar uchun ham xavfli davr hisoblanadi.Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida bo’lgani kabi Mamlakatimiz hududida kuzatilayotgan bunday jazirama issiq kunlarda Sanepidqo’mitaning O’zbekiston tuman bo’limi qanday tavsiyalarni beradi? Birinchi navbatda boshni quyosh nuridan asrash muhim sanaladi. Chunki bosh miyadan katta qon tomirlari o’tgan bo’lib, bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanada issiq qon aylanib insonlarni “oftob urishi”ga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida tana haroratining ko’tarilishi, terining qizarishi holdan toyish, nafas olish va puls tezlashishi, yurakning tez urishi, bosh og’rishi, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish holatlari kuzatilishi mumkin. Oftob urgan odamni darhol soya joyga yotqizib, ust-boshlarni yechib muzdek suvga choyshabni ho’llab butun tanasiga o’raladi, sochiqni muzdek suvga ho’llab boshiga qo’yiladi. Bo’yin va qo’ltiq sohasiga muz haltachalari qo’yish mumkin. Bemorga oz-ozdan suyuqlik ichiriladi va zudlik bilan tez yordam chaqiriladi.Kiyimlar sun’iy toladan emas, tabiiy toladan tikilgan bo’lishi va kiyim badanni juda ham siqmasligi, ochiq rangdagi kiyimlarni kiyish muhim sanaladi. Havoni yaxshi o’tkazib quyosh nurini qaytaradigan, keng tikilgan va tanaga yopishib turmaydigan, paxtadan tayyorlangan kiyim va bosh kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi. Ovqatlanish ratsioniga ko’proq suyuq taomlar, bug’da, suvda, dimlab pishirilgan taomlarni kirgizgan ma’qul. Ko’proq meva va sabzavotlar, yangi tayyorlangan salatlar istemol qilish tavsiya etiladi.Soat 10:00 dan 17:00 gacha salqin joylarda bo’lish, zarurat bo’lmasa kunning issiq vaqtida ko’chaga chiqmaslik tavsiya etiladi. Kuniga 2-3 litr xona haroratida bo’lgan iliq suv yoki ko’k choy ichgan ma’qul. Aks holda issiq havoda terlab turib yaxna ichimliklar iste’mol qilish angina, pnevmoniya, piyelonefrit kasalliklarini keltirib chiqaradi. Kun davomida iliq dush qabul qilish tavsiya etiladi.Nimalar tavsiya etilmaydi?Gazlangan ichimliklar, energetik ichimliklar, alkagolli ichimliklar va qahva ichmagan ma’qul.Juda achchiq va yog’li, dudlangan taomlarni iste’mol qilmaslikka harakat qiling. Sut va go’sht maxsulotlarini sovutish moslamalari bilan jihozlanmagan do’konlardan xarid qilmang va yaroqlilik muddatiga e’tibor qiling. Och qoringa yoki ovqatdan so’ng darhol, quyoshda bo’lish tavsiya etilmaydi. O’zbekiston tuman SEO va JS bo’limi epidemiolog vrachi: R.Karimova.
